8 ta Jonli Oflayn Dars
Har yakshanba 3 soat davomida o'tkaziladigan asosiy fundamental mashg'ulotlar, guruhli tahlillar va savol-javoblar.
Insonni o'zidan boshlanadigan o'zgarishni ko'ra olishga va hayotidagi muammolar yechimini ichki transformatsiya orqali topa olishga yo'naltirilgan yaxlit metodika.
Tizim Tuzilishi
21+ Loyihasi faqat ma'ruza emas, balki nazariya, amaliy tahlil, kundalik odatlar va individual mentorlik uyg'unligidir.
Har yakshanba 3 soat davomida o'tkaziladigan asosiy fundamental mashg'ulotlar, guruhli tahlillar va savol-javoblar.
Asosiy mavzularga ongni tayyorlovchi, fikrlash doirasini kengaytiruvchi kundalik mikro-darslar va xulosa topshiriqlari.
Chuqur falsafiy va psixologik tushunchalarni mustahkamlash uchun mo'ljallangan eksklyuziv audio qo'llanmalar.
Batafsil Reja
Har bir dars inson ruhiyati, muloqoti va qaror qabul qilish mexanizmlarining ma'lum bir qirrasini chuqur ochib beradi.
Baza
Asosiy darslarga qadar ishtirokchilar har kuni quyidagi mavzularda fikrlab, o'z qarashlarini charxlaydilar:
Nimalar kerak? Nimalarga e'tibor berish kerak? Nimalarni to'g'rilash va o'zgartirish kerak?
Taqdir, tashqi omillar va qabul qilish san'ati (3 qismdan iborat tahlil).
"Yo asling kabi ko'rin, yo ko'ringaning kabi bo'l" — soxta liboslarni yechish vaqti.
Sizga haqiqiy do'st yoki dushman bo'lganlarni qanday ajratasiz? Eng yaxshi qo'llab-quvvatlovchilar kimlar?
Real & Barsa, Apple & Android, BMW & Mercedes — sun'iy qutblanishlar psixologiyasi.
"Kam-kam hur, hamesha hur" — mikro-odatlarning hayot sifatiga hal qiluvchi ta'siri.
Fikr bildirishga shoshilmang, baho berishga shoshilmang, norozi bo'lishga shoshilmang.
Sog'lom raqobat mezonlari va o'z imkoniyatlarini to'g'ri chamalash san'ati.
Hammada norozilik kayfiyati, o'rinli jazoni qabul qilolmaslik va sabab-oqibat zanjiri.
Qariganda xotira chindan pasayadimi? Aqliy faollikni saqlashning sirlari.
Moddiy manfaatparastlik va asl ma'naviy qadriyatlar o'rtasidagi chegara.
"Do'st achitib gapirar, dushman kuldirib" — tanqidni to'g'ri qabul qilish va to'g'ri yetkazish.
Maslahat bersang tamomsan — o'zimizdagi muammolarni mustaqil hal qilish usullari.
Ayblashdan to'liq mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga o'tish mexanizmi.
Achchiq haqiqatlar: birovning hayotiy sabog'iga ortiqcha aralashmaslik qoidasi.
Har narsaga chalg'imaslik va asosiy e'tiborni eng muhim maqsadga qaratish.
Keraksiz so'zlardan tiyilish va sukunatning qudrati.
Inson o'zini omonda saqlash uchun qurbonlikka nima beradi? (Jiddiy tahliliy mavzu).
E'tibor qayerda bo'lsa — energiya va natija ham o'sha yerda bo'ladi.
Inson tushunib, lekin ataylab tushunmaslikka oladigan hayotiy haqiqatlar.
Insonlar o'rtasidagi ziddiyatlarning tub psixologik sabablari va ularni oldini olish.
O'zingizga ma'qul bo'lgan tarifni tanlang va qabul yakunlanmasidan ro'yxatdan o'ting.